Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17-noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024-yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.
O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.
“Nasaf” va OKMK futbol klublari 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash keladi. Musobaqa tashkilotchisi O‘zPFL final oldidan maxsus videoanons tayyorladi. Ikki jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida olingan rolik jamoatchilik tomonidan asosan iliq kutib olindi.
Davlat budjetidan “bir tiyin ham olmaydi"gan O‘zbekiston Professional futbol ligasi daromadi va xarajati haqida ketma-ket ikkinchi yil jamoatchilikka hisobot berdi. O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev uning tashkiloti 2023 yilda bolalar, ayollar va futzal musobaqalarini ortiq o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
2020 yildan beri Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev 4 yil muddatga tashkilotga bosh direktor etib saylandi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilda 15,7 mlrd so‘m ishlab topgan, musobaqalar o‘tkazish uchun esa 16 mlrd so‘m sarflagan, bu O‘zPFLning OAV oldidagi ilk ochiq moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi. «Avval, jamoalardan pul olmaydigan tashkilotga aylanib olishimiz, undan keyin jamoalarga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak», — dedi O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev. Qolaversa, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ochilishi ham qayd etildi.
“Paxtakor” dan tashqari yana 8 ta Superliga va 4 ta Pro liga jamoalarining aksiyalari hokimliklar va davlat kompaniyalari ma’muriyatiga ularni keyinchalik sotish sharti bilan topshirildi. Toshkent shahar hokimligi endi “Bunyodkor"ning egasi va bosh homiysiga aylandi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvida hakam bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan fikr bildirdi. Imomxo‘jayev hakam shu yo‘l bilan futboldagi o‘zgarishlarga tupurgani, futboldan ketgan ayrim insonlarga sodiqligini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 20 maydan boshlab yig‘in o‘tkazilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Professional ligasi rahbari chempionatning 10 va 11 turlari 20−31 may oralig‘iga belgilangani, lekin taqvim o‘zgarishi haqida O‘zPFL rasmiy ma’lumot olmaganini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting